Zoxidova Moxinur
Hududiy Koordinator
Toshkent Shaxri
Men haqimda
Men O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasiman. Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishida tahsil olaman. Til o'rganish, yangi bilimlarga ega bo'lish va turli sohalarda o'zimni sinab ko'rishga qiziqaman. Hozirda asosiy etiborim universitetdagi talimimga va ingliz tilini yanada rivojlantirishga qaratganman. Shu bilan birgalikda volontyorlik loyihalari va yoshlar bilan ishlashga qiziqaman. Bundan loyihalar yangi dostlar bilan tanishish jamoa bilan ishlash va masuliyatlilik konikmalarni shakillantiradi. Va bu konikmalat bilan ozimni bir necha tillarni biladigan, jamoa lideri sifatida ishlay oladigan inson bolishni istayman.
Mening yo'lim
Hayot yo‘lim qarorlar, sinovlar, mag‘lubiyatlar va yutuqlardan iborat. Ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishim rivojlanishimga katta turtki berdi. 9-sinfda ingliz tilini o‘rganishni boshladim. 8 oydan so‘ng IELTS topshirdim, ammo natijam kutilganidek bo‘lmadi. Taslim bo‘lmay, Multilevel imtihonidan 56 ball bilan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdim. Maktabdan keyin davlat universitetiga kira olmagach, xususiy universitetda o‘qishni boshladim. Talabalik davrida o‘quv markazida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ingliz tilidan dars berdim. Bu menga sabr, mas’uliyat va jamoa bilan ishlashni o‘rgatdi. Keyingi yili qayta imtihon topshirib, orzuimdagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga qabul qilindim. Toshkentga ko‘chishim mustaqil hayotimning yangi bosqichini boshlab berdi. Prezident Olimpiadasida volontyor sifatida qatnashib, muloqot va jamoada ishlash tajribamni oshirdim. Har bir muvaffaqiyatsizlik menga saboq bo‘ldi. Men uchun eng muhimi — qiyinchiliklardan keyin ham oldinga intilishdan to‘xtamaslik.
Yutuqlari va hissasi
Men doimo o‘rganish va rivojlanishga intilaman. BirMillat loyihasiga qo‘shilishdan maqsadim — o‘zim kabi katta maqsadlarga ega yoshlar bilan tanishish, ularning fikr va tajribalaridan o‘rganish. Loyiha doirasida tadbirlar va foydali tashabbuslarda qatnashish, yangi ko‘nikmalarni egallash hamda o‘zimni turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rishni istayman. Ayniqsa, jamoa koordinatori sifatida tajriba orttirish men uchun muhim. Shu bilan birga, faqat imkoniyatlardan foydalanibgina qolmay, o‘z bilimim, g‘oyalarim va tashabbuslarim bilan jamoaga hissa qo‘shishni xohlayman. BirMillat men uchun yangi tanishuvlar, hamkorlik va kelajakdagi katta loyihalar sari muhim qadam bo‘lishiga ishonaman.
Zoxidova Moxinur bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi