Esengalieva Nursulu
Hududiy Koordinator
Qoraqalpog’iston Respublikasi
Men haqimda
Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida istiqomat qilaman. Hozirda UNICEF va Young Climate Champions tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Jas Suw Chempionlari” loyihasida trener sifatida faoliyat yuritaman. Jamoamiz — AqualabNG bilan hamkorlikda hududimizdagi maktablarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejash va ekologik muammolar bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, turli ekologik aksiyalar, plogging tadbirlari hamda seminar va treninglarda volontyor sifatida faol ishtirok etaman. Shuningdek, “Qaraqalpaq Film” milliy kinostudiyasida yosh aktrisa sifatida faoliyat boshlaganman. Yaqinda esa yangi tajriba va imkoniyatlarga ega bo‘lish maqsadida “Turon” loyihasiga ham qo‘shildim.
Mening yo'lim
Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘limda turli qiyinchiliklar, sinovlar va unutilmas tajribalarga duch kelganman. Volontyorlik faoliyatim davomida turli ko‘ngillilik tashabbuslarida ishtirok etdim. Albatta, volontyorlik har doim ham oson kechmaydi. Ba'zan jazirama issiqda, ba'zan esa sovuqda, charchoqqa qaramay, chin dildan boshqalarga yordam berdik. Kimningdir yuzida tabassum uyg‘otish, odamlarga ko‘mak berish va atrof-muhitga foyda keltirish men uchun nafaqat savobli ish, balki yangi bilim, ko‘nikma va hayotiy tajriba orttirish imkoniyati ham bo‘ldi. Shuningdek, “Nukus shahar sardorlari” loyihasida ishtirok etib, final bosqichigacha yetib bordim. Afsuski, saralashdan o‘tganimga qaramay, yakuniy bosqich sanasi o‘zgarganidan xabar topolmadim va natijada unda qatnasha olmadim. Bu holat men uchun katta saboq bo‘ldi. Har qanday imkoniyatdan foydalanishda nafaqat harakat qilish, balki mas'uliyatli, e'tiborli va doimo xabardor bo‘lib turish ham muhimligini angladim. Bu tajriba menga xatolarimdan xulosa chiqarish va keyingi imkoniyatlarga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rishni o‘rgatdi.
Esengalieva Nursulu bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi