Dadaxon Toshboyev
Viloyat Koordinatori
Jizzax Viloyati
Men haqimda
Assalomu alaykum! Mening ismim Dadaxon Toshboyev. Men Jizzax viloyatida tug’ilib o’sganman va hozirgi kunda ham shu yerda istiqomat qilaman. Ayni paytda Jizzax shahridagi 30-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisiman. O’qish bilan bir qatorda jamoatchilik va ijtimoiy loyihalarda ham keng ko’lamli faoliyat olib boryapman. Xususan, bugungi kunda Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining Jizzax viloyati bosh koordinatori, Jizzax viloyati sardori, Yosh ekologlar harakati kengashining Jizzax viloyati rais o’rinbosari hamda Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi “Imkon” volontyorlari mentori sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Turli jamoatchilik yo’nalishlarida yoshlarni birlashtirish, ekologik madaniyatni oshirish va volontyorlik harakatini rivojlantirish mening asosiy maqsadlarimdan biridir. Shuningdek, bo’sh vaqtlarimda kitob mutolaasi bilan jiddiy shug’ullanib, “Milliy kitobxonlik harakati”ga faol tayyorgarlik ko’rmoqdaman. “Bir millat” platformasi orqali yurtimizning faol yoshlari bilan fikr almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish niyatidaman.
Mening yo'lim
Bugungi kundagi yutuqlarim va egallab turgan mas’uliyatli vazifalarimga osonlikcha erishmaganman. 10-sinf o’quvchisi bo’la turib, bir vaqtning o’zida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi, Yosh ekologlar harakati kengashi, viloyat sardorligi va “Imkon” volontyorlari mentorligi kabi yo’nalishlarda faoliyat yuritish katta sabr va matonat talab qildi. Bu yo’lda ko’plab mag’lubiyatlar, yiqilishlar va kutilmagan to’siqlarga duch keldim. Boshida tajriba yetishmasligi, maktab darslari bilan bir qatorda bir nechta yirik jamoatchilik loyihalarini boshqarish va vaqtni to’g’ri taqsimlash juda qiyin kechgan. Ba’zan boshlagan ishlarim o’xshamagan, ishonchim pasaygan va charchoq sezilgan paytlar ham bo’lgan. Lekin hech bir yiqilish meni to’xtatib qola olmadi. Har bir mag’lubiyatdan to’g’ri xulosa chiqarib, o’z xatolarim ustida ishladim va yanada kuchliroq bo’lib o’rnimdan turdim.
Dadaxon Toshboyev bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi