Jumanazarova Madina
Hududiy Koordinator
Sirdaryo Viloyati
Men haqimda
Hozirgi kunda Guliston davlat universitetida Iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqdaman. Ta’lim olish jarayonida bilim va ko‘nikmalarimni oshirishga, o‘z ustimda ishlashga hamda yangi bilimlarni egallashga alohida e’tibor qarataman. Kelajakdagi asosiy maqsadim — o‘z sohamning yetuk va malakali mutaxassisi bo‘lish, olgan bilimlarim orqali jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishdir.
Mening yo'lim
Men Jumanazarova Madina, 2008-yil 9-may kuni Sirdaryo viloyatida tug‘ilganman. Hozirda Guliston davlat universitetida iqtisod yo‘nalishida tahsil olaman. Maqsadlarim sari intilish davomida sabrli bo‘lish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni o‘rgandim. Ayniqsa, yangi muhitga moslashish, bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash men uchun muhim tajriba bo‘ldi. Talabalik menga nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlash, mas’uliyat va samarali muloqot ko‘nikmalarini ham bermoqda. Xatolarimdan saboq olib, kamchiliklarim ustida ishlashga va doimiy rivojlanishga intilaman. Ishonamanki, muvaffaqiyatga erishish uchun orzuning o‘zi yetarli emas. Buning uchun mehnat, sabr va qat’iyat zarur. Oldimda hali ko‘plab maqsadlar bor va ularga erishish yo‘lida izlanishdan to‘xtamayman.
Yutuqlari va hissasi
Men uchun yutuq — nafaqat sertifikat yoki tanlov natijasi, balki qo‘rquvlarni yengish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va doimiy rivojlanishdir. Shu kungacha turli ta’limiy dasturlar, loyihalar va volontyorlik faoliyatlarida qatnashib, tajriba orttirdim. Maktab davrida SAT va CEFR imtihonlariga tayyorlanib, sertifikatlarga ega bo‘ldim. Shuningdek, Hayot Maktabi yozgi lageri va MediCamp dasturlarida ishtirok etib, jamoada ishlash, fikrlarimni erkin ifodalash va muloqot ko‘nikmalarimni rivojlantirdim. Hozirda iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olaman. Ta’lim bilan birga yangi loyihalarda qatnashish va jamiyatga foyda keltirishga intilaman. BirMillatdagi asosiy maqsadim — o‘z ustimda ishlash, faol yoshlar bilan tanishish, ularning tajribasidan o‘rganish va yangi tashabbuslarda qatnashish. Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga hissa qo‘shishni istayman. Kelajakda BirMillatda olgan bilim va tajribalarimni amalda qo‘llab, nafaqat o‘zim rivojlanish, balki boshqalarga ham foyda keltirishni maqsad qilganman.
Jumanazarova Madina bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi