BirMillaters
Zokirova Rushona — BirMillat, Hududiy Koordinator, Navoiy Viloyati

Zokirova Rushona

Hududiy Koordinator

Navoiy Viloyati

Men haqimda

Mening ismim Zokirova Ruxshona. Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining 2-kurs talabasiman. «Munozara_uz» loyihasining Navoiy viloyati koordinatori va O‘zbekiston Yoshlar diplomatiya markazi volontyoriman. Shuningdek, litseyimda «Yosh Strateglar» loyihasiga asos solganman va uning sardoriman. Loyiha orqali yoshlarning liderlik va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga intilaman. «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturi ishtirokchisiman. Sun’iy intellekt va ekologiya yo‘nalishlaridagi maqolalarim xalqaro ERUS jurnalida chop etilgan. Kelajakdagi maqsadim — bilim va tajribam orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan mutaxassis bo‘lish.

Mening yo'lim

Faoliyatim davomida turli loyihalar va tashabbuslarda ishtirok etib, o‘zim uchun qimmatli tajribalar to‘pladim. Har bir yangi muhit, uchrashuv va faoliyat menga o‘zgacha saboq berdi. Dastlab kichik tashabbuslar bilan boshlangan qadamlarim vaqt o‘tishi bilan katta mas’uliyat va yangi vazifalarga aylandi. Bu jarayonda insonlar bilan ishlash, jamoada o‘z o‘rnimni topish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarga yechim izlash va o‘z g‘oyalarimni amalga oshirishni o‘rgandim. Albatta, yo‘lim doimo oson kechmadi, ammo har bir tajriba dunyoqarashimni kengaytirib, o‘zimga bo‘lgan ishonchimni mustahkamladi. Bugun ortga nazar tashlar ekanman, erishgan natijalarimdan ko‘ra, shu yo‘lda orttirgan bilim va tajribalarimni ko‘proq qadrlayman.

Yutuqlari va hissasi

Asosiy yutuqlarimdan biri — Munozara_uz loyihasi doirasida «Kitobxonlar» loyihasini rivojlantirish va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyatimdir. Navoiy viloyati koordinatori sifatida yoshlarni mutolaa qilishga jalb etish, ularning dunyoqarashi va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga hissa qo‘shishni maqsad qilganman. Bundan tashqari, STEMX loyihasida ambassador, NovaX_Uzbekistan loyihasida Regional Event Organizer Coordinator hamda O‘zbekiston Yoshlar Diplomatiya Markazida volontyor sifatida faoliyat yuritaman. Kelajakda esa bilimli, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli yoshlar avlodini shakllantirish, ta’lim va innovatsiyalar rivojiga hissa qo‘shish hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida faoliyat olib borishni istayman.

Reyting

Yuklanmoqda…

BirMillat'da yozing

Zokirova Rushona bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi