Qosimjonova Nixola
Media Manager
Andijon Viloyati
Men haqimda
Men, Qosimjonova Nixola Zoxidjon qizi, 2008-yil 28-dekabrda tug‘ilganman. Yashash manzilim: Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Eshonov ko‘chasi, 103-uy. Hozirda Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olmoqdaman. Qiziqishlarim orasida voleybol o‘ynash va pianino chalish alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek, media sohasiga ham katta qiziqish bildiraman. Ayni vaqtda institutdagi media yo‘nalishida faoliyat yuritish bilan bir qatorda, BirMillat, Mindova, YCC (Young Climate Champions) hamda turli MUN (Model United Nations) loyihalarida ishtirok etib kelmoqdaman. Ushbu loyihalardagi faoliyatim orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarimni rivojlantirish, yangi tajribalar orttirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga intilaman.
Mening yo'lim
Faoliyatim davomida duch kelgan qiyinchiliklar orasida, eng avvalo, vaqt bilan bog‘liq muammolarni ta’kidlab o‘tishim mumkin. Chunki bir vaqtning o‘zida o‘qish, shaxsiy rivojlanish va turli loyihalardagi faoliyatimni muvozanatda olib borish har doim ham oson bo‘lmagan. Shuningdek, hozirgi faoliyat yo‘limga kelgunimga qadar media sohasi vakillari va oddiy ishtirokchilarning ishiga havas bilan qaraganman. Bugun esa o‘z harakatlarim va intilishlarim orqali shu yo‘lda ekanligim men uchun katta imkoniyat. Bu jarayonda ko‘plab tajribalar almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda o‘z ustimda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lyapman. Eng muhimi, tanlagan sohamga moslashish, unda o‘z o‘rnimni topish va yanada rivojlanish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilmoqdaman.
Yutuqlari va hissasi
Hozirgi kungacha erishgan yutuqlarim haqida so‘z yuritadigan bo‘lsam, eng avvalo, oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganim va o‘zim uchun yangi hayot yo‘lini boshlaganimni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Hozirda guruh sardori (starosta) sifatida ham faoliyat yuritib, o‘qishimni namunali tarzda davom ettirishga harakat qilmoqdaman. Bundan tashqari, o‘zim qiziqqan va ilgari orzu qilgan media sohasiga kirib borayotganim, turli loyihalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lganimni ham muhim yutuqlarimdan biri deb bilaman. BirMillat loyihasidagi ishtirokimdan asosiy maqsadim esa yangi insonlar bilan tanishish, networking muhitini shakllantirish, tajriba almashish va o‘z bilim hamda ko‘nikmalarimni rivojlantirishdir. Shu bilan birga, loyihaga media yo‘nalishida volontyor sifatida murojaat qilishim ham aynan shu sohaga bo‘lgan qiziqishim va unda yanada ko‘proq tajriba orttirish istagim bilan bog‘liq.
Qosimjonova Nixola bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi