BirMillaters
Asalxon Kenjayeva — BirMillat, Hududiy Koordinator, Xorazm viloyati

Asalxon Kenjayeva

Hududiy Koordinator

Xorazm viloyati

Men haqimda

Men Xorazm viloyati, Urganch tumanida istiqomat qilaman va tahsil olaman. Hozirda bir qator yoshlar va ijtimoiy tashabbuslarda koordinator hamda volontyor sifatida faoliyat yuritaman. Jumladan, O‘zbekiston o‘quvchilar kengashining Urganch tumani ijtimoiy tashabbuslar koordinatori, «Mutolaa Fest» elchisi va «Steamfity» tashkilotchisi-koordinatoriman. Shuningdek, Eco volontyorlar koordinatori, Yoshlar diplomatiya markazi, Yoshlar ekologiya qo‘mitasi, Ustoz AI, Xorazm «Oltin qanot» jamoasi volontyori hamda «Yosh liderlar» harakati faol ishtirokchisiman. Bundan tashqari, ingliz tilini bilaman va bilim hamda ko‘nikmalarimni muntazam rivojlantirib bormoqdaman. Kelgusida yoshlar bilan ishlash, yangi tashabbuslarni amalga oshirish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.

Mening yo'lim

Bir yil avval volontyorlik haqida deyarli hech qanday tajribaga ega emas edim. Ijtimoiy tarmoqlarda turli tashabbuslarni kuzatardim, ammo ularga qanday qo‘shilishni bilmasdim. Volontyorlik kanallariga a’zo bo‘lib, ilk tadbirlarda qatnashdim va asta-sekin yangi loyihalarga jalb etildim. Vaqt o‘tishi bilan volontyorlikdan koordinatorlik darajasigacha o‘sishga erishdim. Shuningdek, ikki yil davomida O‘zbekiston Bolalar tashkilotida mahalla sardori sifatida faoliyat yuritdim. Tuman sardorlari saylovida ham ishtirok etdim. Garchi o‘sha safar tuman sardori bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsam-da, bu tajriba menga muhim saboq va yangi maqsadlar berdi. 2026-yilda esa Urganch tumani Ijtimoiy tashabbuslar koordinatori etib tayinlandim. Bugungi kunda bir nechta volontyorlik dasturlarida koordinator, turli loyihalarda esa faol volontyor sifatida qatnashmoqdaman. Men uchun volontyorlik — shunchaki jamoat faoliyati emas, balki o‘z ustimda ishlash, yangi insonlar bilan tanishish, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish va jamiyatga foyda keltirish imkoniyatidir.

Reyting

Yuklanmoqda…

BirMillat'da yozing

Asalxon Kenjayeva bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi