BirMillaters
Abdusalimova Shabnam — BirMillat, Hududiy Koordinator, Surxondaryo Viloyati

Abdusalimova Shabnam

Hududiy Koordinator

Surxondaryo Viloyati

Men haqimda

Men Abdusalimova Shabnam, Surxondaryo viloyati, Termiz shahridanman. Hozirda maktabda tahsil olaman. Kelajakdagi maqsadim — tibbiyot sohasida o‘qib, malakali shifokor bo‘lish. Biologiya va kimyo fanlariga alohida qiziqaman. Akademik faoliyatim bilan birga Model United Nations (MUN) konferensiyalarida qatnashib, diplomatiya va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tajriba orttirganman. Shuningdek, GRID loyihasida volontyor sifatida faoliyat yuritaman. Kelgusida maktabimizda fan, tibbiyot va liderlikka qiziqadigan yoshlarni birlashtiruvchi loyiha tashkil etishni rejalashtirganman. Bo‘sh vaqtimda dasturlash, kitob o‘qish va ingliz tilini o‘rganish bilan shug‘ullanaman. IELTS va SAT imtihonlariga tayyorlanib, bilim va imkoniyatlarimni kengaytirishga intilaman.

Mening yo'lim

Ta’lim jarayonida duch kelgan eng katta qiyinchiliklarimdan biri fizika fanini o‘zlashtirish bo‘lgan. Dastlab bu fan menga juda murakkab tuyulardi. Savollarni mazmuniga tushunishga va imtihonlarda oddiy xatolarga yo‘l qo‘yar edim. Ba’zan qilgan mehnatim natija bermayotgandek tuyular edi. Biroq men taslim bo‘lmadim. Qo‘shimcha mashqlar ishladim, mavzularni qayta-qayta o‘rganib chiqdim va xatolarim ustida ishladim. Natijada fizika bo‘yicha bilimlarim ancha mustahkamlandi va bugungi kunda bu fan menga avvalgidek qiyin tuyulmaydi. Ushbu tajriba menga mehnat va sabr har qanday qiyinchilikni yengishga yordam berishini o‘rgatdi.

Yutuqlari va hissasi

Akademik va shaxsiy rivojlanish yo‘limda bir qator yutuqlarga erishdim. IGCSE dasturida ta’lim olib, IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdim hamda SAT imtihoniga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Shuningdek, MUN konferensiyalarida, GRID loyihasida volontyor sifatida va TEDx Termiz PS jamoasi faoliyatida qatnashib, liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarimni rivojlantirdim. BirMillat dasturidagi asosiy maqsadim esa bilim va tajribamni yanada boyitish, mamlakatimizning faol yoshlaridan o‘rganish hamda kelajakda tibbiyot sohasida jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis va lider bo‘lib yetishishdir. BirMillat bu maqsadlarimga erishish yo‘lida muhim imkoniyat bo‘lishiga ishonaman.

Reyting

Yuklanmoqda…

BirMillat'da yozing

Abdusalimova Shabnam bilan BirMillat ichida to'g'ridan-to'g'ri suhbat boshlanadi